Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlashni xohlovchilar uchun ochiq mustaqil tanlov e'lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida mavjud vakant lavozimlaridan birini malakaviy talablariga muvofiq tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Nomzodlar bir vaqtning o‘zida 3 tagacha vakant lavozimlarga elektron tarzda ariza topshirish imkoniyatiga ega.
🔸Vazir kotibiyati
– Boshqarma boshlig‘i
– Bosh mutaxassisi
– Yetakchi mutaxassisi
🔸Xalqaro aloqalar boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
– Bosh mutaxassisi
– Yetakchi mutaxassisi
🔸G‘allachilik va dukkakli don ekinlar boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
🔸Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish sho‘basi
– Sho ‘ba boshlig‘i
– Bosh mutaxassisi
🔸Paxtachilik boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
🔸Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish boshqarmasi
– Yetakchi mutaxassisi
🔸Yer tuzish va yer munosabatlarini tartibga solish boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
– Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
– Bosh mutaxassisi
🔸Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
🔸Yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va cho‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ishlov berish boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
🔸Tuproq degradatsiyasi jarayonlariga qarshi kurashish va tuproq unumdorligini himoya qilish boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
🔸“Elektron hukumat” tizimini joriy etish bo‘limi
– Bosh mutaxassis
🔸To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar boshqarmasi
– Yetakchi mutaxassisi
🔸Marketing boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi (0,5 stavka)
🔸Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi
– Yetakchi mutaxassis (0,5 stavka)
Hujjatlar 2022-yil 4-oktyabrdan 13-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.