Xusnidin Karimov

Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligi direktori

Xusniddin Karimov Mominovich

Telefon: (71) 244-46-25

Quyidagilar Аgentlik direktorining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:

Аgentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Аgentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan hamda xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlarda Аgentlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish;
oʼzining oʼrinbosari va Аgentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
keyinchalik Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligiga oʼz vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Аgentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar toʼliq va har tomonlama koʼrib chiqilishini taʼminlash, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qoʼyish);
xizmat safarlarini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʼgʼrisida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʼlish va Oʼzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash hamda safar xarajatlariga ajratiladigan mablagʼlarning maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
oʼz oʼrinbosari va tarkibiy boʼlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʼtkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Аgentlik majlislarida eshitish, yakunlar boʼyicha zarur choralar koʼrish;
oʼz oʼrinbosari va Аgentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʼlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʼrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Аgentlik va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash;
«Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Аgentlik tizimida korruptsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqni qoʼllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʼli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
«Elektron hukumat toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Аgentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʼgʼrisida»gi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish boʼyicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʼtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʼziga chiqib qabul qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlarni oʼz vaqtida va toʼlaqonli koʼrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligining Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi (keyingi oʼrinlarda Jamgʼarma deb ataladi) mablagʼlarini Jamgʼarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʼarma mablagʼlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Jamgʼarmaning oldin berilgan mablagʼlari boʼyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish boʼyicha qarorlar qabul qilish;
markaziy apparatning tarkibiy boʼlinmalari toʼgʼrisidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yoʼriqnomalari va Аgentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʼzgartirish va bekor qilish, Аgentlik markaziy apparati, Аkademik M. Mirzaev nomidagi bogʼdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va uning oʼrinbosarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, institutning ilmiy-tajriba stantsiyalari direktorlarini lavozimga tayinlashni kelishish;
Jamgʼarmaning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobiga bogʼdorchilik va issiqxona sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Аgentlik, idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan buyruqlar chiqarish va koʼrsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Аgentlik markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvallariga oʼzgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʼlash jamgʼarmasi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligiga takliflar kiritish.
Аgentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funktsional vazifalarni ham amalga oshiradi.

Qabul kunlari :

Har haftaning payshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha