QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINI RAQAMLASHTIRISH: YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BO’LIB O’TDI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” davlat
ilmiy-loyihalash instituti tashabbusi bilan FAO (Food and Agriculture Organization) va GIZ (Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit) hamkorligida 2022-yil 22-aprel “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan “Qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Ushbu anjumanda qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirishdagi erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning istiqboldagi ijobiy yechimlari to‘g‘risida soha vakillari, professor, olimlar, shuningdek, anjuman ishtirokchilari tomonidan fikr-mulohazalar yuritildi.