Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish orqali, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash mavzusidagi videoselektor yig’ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman hokimligi majlislar zalida viloyat qishloq xo’jaligi sohasiga aloqador boshqarma boshliqlari, xodimlari hamda tuman hokimi, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish uchun yer ajratish, hosildor urug’ va ko’chat navlarini joylarga yetkazish, hududlarda mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, sug’orish tarmoqlarini ta’mirlash kabi masalalarga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Seminar ishtirokchilari yuqoridagi mavzular doirasida fikr almashib, taklif va loyihalarni ko’rib chiqdi.