Prezident Shavkat Mirziyoyev Koson tumanidagi “Koson” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.
O’zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko’ra, fermer xo‘jaligida paxta va g‘alla dalalari atrofiga tok, tut va oshqovoq ekilgan. Prezidentimiz bu tajribani kengaytirib, barcha klaster va fermer xo‘jaliklari dalasidagi atrofidagi bo‘sh joylarda meva-sabzavotlar yetishtirish zarurligini taʼkidladi.