ISSIQXONA XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA RESPUBLIKA SHTABI VA CALL-CENTER ISHGA TUSHDI

🌱Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan uning huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligida issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika Shtabi va Call-center o‘z faoliyatini boshladi.

❗️Respublika Shtabining maqsadi muammolarni aniqlash va hal etishda ko‘maklashish, berilgan takliflarni o‘rganish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat.

🚀Call-center orqali kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida tezkorlik bilan hal etiladi.

📞Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika Shtabi call-center raqami: (55) 500-80-08

🕊Telegram