Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi masʼullari ishtirokida Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Nazokat oltin dalasi” fermer xoʻjaligida seminar tashkil qilindi. Unda hududdagi dehqon, fermer xoʻjaliklari vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi. Seminarda joriy yilning 15-aprel kungi Prezident huzuridagi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar haqida soʻz bordi. Ishtirokchilarga sifatli va hosildor koʻchat yetishtirish, ularni xoʻjaliklarga yetkazish, tayyor mahsulotni sotish, bu jarayonlarda agentlik imkoniyatlaridan foydalanish borasida masʼullar maʼlumotlar berishdi