Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi masʼullari Bulungʻur tumanida

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi masʼullari ishtirokida Bulungʻur tumani “Oʻzbekiston” agrofirmasida “Bir kontur- bir maxsulot” tamoyili asosida sabzavot urugʻlik va koʻchatlari yetishtirish, ekish va xosildorlikni oshirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Unda hududdagi dehqon, fermer xoʻjaliklari vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi. Seminarda joriy yilning 15-aprel kungi Prezident huzuridagi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar haqida soʻz bordi. Ishtirokchilarga sifatli va hosildor koʻchat yetishtirish, ularni xoʻjaliklarga yetkazish, tayyor mahsulotni sotish, bu jarayonlarda agentlik imkoniyatlaridan foydalanish borasida masʼullar maʼlumotlar berishdi

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi masʼullari ishtirokida Bulungʻur tumani “Navoiy” agrofirmasida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida sifatli urug‘lik, hosildorlikni oshirish yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda joriy yilning 15-aprel kungi Prezident huzuridagi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar haqida soʻz bordi. Ishtirokchilarga sifatli va hosildor koʻchat yetishtirish, ularni xoʻjaliklarga yetkazish, tayyor mahsulotni sotish, bu jarayonlarda agentlik imkoniyatlaridan foydalanish borasida masʼullar maʼlumotlar berishdi