Аbdullaev Maʼmurjon Tursunalievich

Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligi direktori oʼrinbosari

Аbdullaev Maʼmurjon Tursunalievich


Quyidagilar АgentLik direktori oʼrinbosaring asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:

Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ular tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish;

direktorning buyruqlari hamda topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;

kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflarni taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining oshirishi va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

Agentlik xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;

xodimlar, jumladan mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

Agentlikning bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash.

Direktor o‘rinbosari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.

Qabul kunlari:
Har haftaning dushanba va payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
QISHLOQ XO'JALIGIDA XIZMATLAR KO'RSATISH AGENTLIGI
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: